UFC bilan shartnoma imzolagan ilk jangchimiz Mahmud Muradov yana bir bor navbatdagi jangi haqida fikr bildirdi.
"Dunyoda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat asta-sekin yaxshilanayotganligi uchun nafaqat Chexiya, balki butun Yevropada ham cheklovlar navbati bilan yumshatilmoqda.
- "Barchaga ma’lumki, koronavirus sababli UFC reytingining kuchli o‘n beshtaligiga kiruvchi raqibim Karlos bilan jangim qoldirilgandi. Yaqin orada hammasi o‘z iziga tushib, davlat chegaralari ochilishiga umid qilaman. Men jangga tayyorman va o‘ylaymanki, Karlos ham oxiriga yetkazilmagan ishimiz haqida unutmagan. Jangni imkon qadar tezroq o‘tkazib, sizlarni ajoyib bellashuv bilan xursand qilishga harakat qilaman", - dedi Muradov.
Eslatib o‘tamiz, aslida Mahmud Muradov 18 aprel kuni Xabib Nurmagomedov bilan bitta turnir doirasida oktagonga ko‘tarilishi kerak edi. Lekin koronavirus pandemiyasi sabab bekor qilingan va keyinchalik ayrim juftliklar o‘zgargani holda 9 may kuni o‘tkazilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas