Foto: Instagram
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes vaqtinchalik chempion Jastin Getji shogirdiga muammo tug‘dirmasligini aytdi.
«Getjida bizni xavotirga soladigan hech qanday yangi narsa yo‘q. Toni Fergyusonda esa «qurollar» ko‘p, uning ko‘plab jihatlaridan xavotir olish kerak.
Toni raund tugashiga 10 soniya qolganida Jastinni qay holatga solib qo‘ygani esingizdami? O‘shanda vaqt tugab qolmaganida jang nima bilan tugashi mumkinligini hech kim aytolmaydi. Biz yana Toni va Habib o‘rtasidagi jang haqidagi gaplarga qaytishimiz mumkin edi.
Jastin ajoyib kurashchi, qo‘l va oyoq zarbasi yaxshi. U faqat ikki marta mag‘lub bo‘lgan. O‘shanda ham o‘zining ahmoqligi evaziga, xato tufayli emas. Agar aql bilan jang qilganida, katta ehtimol bilan hozirgacha yengilmas bo‘lib qolardi», — deydi Mendes.
UFC 249 musobaqasida Getji yengil vazn toifasi vaqtinchalik chempionligi uchun jangda Fergyusonni mag‘lub etdi va Habibga qarshi chempionlik jangida ishtirok tish uchun birinchi raqamli da’vogarga aylandi. Habib va Getji o‘rtasidagi jang kuz oylarida bo‘lib o‘tishi taxmin qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi