Rossiya Premyer-ligasining nomi o‘zgaradi

Rossiya Premyer-ligasining nomi o‘zgaradi
Rossiya futbol ittifoqining marketing qo‘mitasi yig‘ilishida mamlakat futbol ligalarining nomini o‘zgartirish bo‘yicha variantlar muhokama qilindi.
1-variantga ko‘ra, RPL – Oliy Liga, FNL – Birinchi Liga, PFL – Ikkinchi Liga deb nomlanadi.
Ikkinchi variant esa quyidagicha: RPL – Rossiya Ligasi/Milliy Ligasi, FNL – Yuksalish/Rivojlanish Ligasi, PFL – Mintaqalar Ligasi.

Yuqoridagi variantlar hozircha yakuniy emas va ular o‘zgarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya chempionati 21 iyun kuni restart olishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar