"Paxtakor" sentabrgacha yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin

"Paxtakor" sentabrgacha yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin
Qatarda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘zining sahifasida OCHL-2020 uchun muhim bo‘lgan jihat - yangi o‘yinchilarni ro‘yxatga olib borasida to‘xtaldi.

- Odatda klublar bunday imkoniyatga faqat 1/8 finaldan so‘ng, Chempionlar Ligasida uzoq tanaffus bo‘lgan paytda ega bo‘lishardi. Endi nimchorak va chorak final o‘yinlari o‘rtasidagi tanaffus juda qisqa bo‘ladi. Bundan tashqari, sentabr oyiga qadar kuz-bahor tizimiga ko‘ra mavsum o‘tkaziladigan mamlakatlar klublari tarkibning yarmini yo‘qotishi mumkin.

Demak, eng real variant turnir tiklanishidan oldin, ya’ni sentabrgacha yangi o‘yinchilarni ro‘yxatga olishga ruxsat berishdir, - dedi Alisher Nikimbayev.

Demak, "Paxtakor" ham guruh bosqichidan o‘tsa va tarkibni kuchaytirishni xohlasa sentabrgacha futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi avvaldan belgilanganidek o‘zgarishsiz qoladi va ushbu jarayon 6 iyuldan 30 iyulgacha davom etadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar