00:30 / 05.06.2020
2 162

Tachmurod Agamurodov «Qizilqum» bosh murabbiyiga aylandi

Tachmurod Agamurodov «Qizilqum» bosh murabbiyiga aylandi
Foto: «Nasaf» matbuot xizmati
Turkmanistonlik mutaxassis Tachmurod Agamurodov «Qizilqum» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
«Championat.asia»ning xabar qilishicha, Agamurodov bundan keyin navoiyliklar klubini boshqarib boradi. 67 yoshli mutaxassis «Qiziqum»da Hamidjon Aktamovning o‘rnini egalladi. Biroq bu haqda klub hali rasmiy ma’lumot bergani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Tachmurod Agamurodov Turkmanistonning «Neftchi», «Nisa» va boshqa bir qator klublari, Qozog‘istoning «Qayrat» jamoasini boshqargan.

Mutaxassis O‘zbekistondagi faoliyatini 2001 yilda «Paxtakor»da boshlagan va toshkentliklar klubida 2006 yilga qadar ishlab, to‘rt marta O‘zbekiston chempionati va uch bor mamlakat Kubogida zafar quchgan. Shuningdek, Agamurodov «Dinamo Samarqand» (2007-2008 va 2014-2015), «Lokomotiv» (2010-2011), «Sho‘rtan» (2011), «Buxoro» (2012-2013) kabi jamoalarni boshqargan. O‘tgan mavsum ikkinchi yarmida Agamurodov «Dinamo» bosh murabbiyi etib tayinlgandi, biroq mutaxassis jamoani Superligada olib qola olmadi.

«Qizilqum» klubini 2016 yildan buyon Hamidjon Aktamov boshqarib kelayotgandi. Avvalroq mutaxassis klub rahbariyatidan joy olishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshlarida «Qizilqum»da prezident o‘zgargan va sobiq hakam Hasan Ro‘ziyev rahbariyat tepasiga kelgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tachmurod Agamurodov «Qizilqum» bosh murabbiyiga aylandi