16:46 / 05.06.2020
2 068

Roman Pavlyuchenko: Harri Keynning o‘yini shunchaki «nol» edi

Roman Pavlyuchenko: Harri Keynning o‘yini shunchaki «nol» edi
Foto: Getty Images
«Tottenhem»ning rossiyalik sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko londonliklar forvardi Harri Keyn haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Tottenhem»da men bilan birga to‘p surgan birgina o‘yinchi qoldi — Harri Keyn. O‘sha vaqtda u hech kim emasdi, uning o‘yini shunchaki nol edi. Harri ikkinchi jamoada to‘p surardi. U bilan birga Yevropa Ligasi doirasidagi «Rubin»ga qarshi o‘yinda birga harakat qilganim yodimda. Yana bir-ikki o‘yinni aytmasa, u shunchaki mashg‘ulotlarda qatnashardi, xolos.

Unga qarab o‘ylab qolardim: ‘Sen qanaqasiga futbol o‘ynashing mumkin? Na uzatma bor, na qabul qilish. Qandaydir sust, lapashang. Bu holatda qanaqasiga futbol o‘ynamoqchisan?’.

Hozir u qay darajada o‘zgarganini ko‘rib turibsiz. Ikki mavsum o‘tib yiliga 20 ta gol urishni boshladi. Keyingi fikrim shunday bo‘ldi: ‘Nahotki bu o‘sha?’. Hozirda Keynga qarasam — terma jamoa sardori. Bugun u yuqori saviyadagi o‘yinchi. Men uchun eng muhim ko‘rsatkich — gol urish. Agar Keyn mavsumiga 20 va undan ortiq gol uradigan bo‘lsa, u holda bu buyuk futbolchi
», — deydi Pavlyuchenko.

Roman Pavlyuchenko 2008—2012 yillar mobayniga «shporlar» safida to‘p surgan. Keyn esa 2011 yildan buyon asosiy jamoada harakat qilib keladi. Joriy mavsum Keyn Premer Ligada 20 ta o‘yinda qatnashib, 11 gol va ikkita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Roman Pavlyuchenko: Harri Keynning o‘yini shunchaki «nol» edi