
Foto: OFK
Osiyo futbol konfederatsiyasi qit’a miqiyosidagi ba’zi musobaqalar qachon davom ettirilishini e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston mezbonlik qiladigan 19 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati avval belgilangan muddatda o‘tishi ma’lum bo‘ldi.
Chempionat mezbonligi O‘zbekistonga berilganda o‘yinlar 14-31 oktabr kunlari o‘tkazilishi belgilangandi. OFK e’lon qilgan xabarda Osiyo chempionati U19 musobaqasi aynan shu muddatda o‘tishi ko‘rsatilgan.
Hozircha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari qaysi shaharlarda o‘tishi aniq emas va bu OFK nazoratchilarining tashrifidan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Musobaqani o‘tkazish uchun Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlari tayyor ekani ma’lum qilingan. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda o‘tadigan musobaqada yarim finalga chiqqan 4ta jamoa 2021 yil Indoneziya mezbonlik qiladigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘l oladi.
Final bosqichiga quyidagi jamoalar yo‘l olgan: O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Qatar, Yaponiya, Tojikiston, Avstraliya, Indoneziya, Malayziya, Iroq, Vetnam, Kambodja, Eron, Yaman, Bahrayn, Laos.
Osiyo ChempionatiO‘zbekiston MezbonlikU19 MusobaqasiFutbol MusobaqalariToshkent ShahriOFK Xabari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar