Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasida Jahon chempioni Tayson Fyuri Deontey Uaylder bilan ehtimoliy uchinchi jangi haqida gapirdi.
«Men Uaylder bilan bo‘lgan jangimni boshidan oxirigacha, taxminan, 10 marotaba tomosha qildim. Chunki o‘zim qilgan ishni o‘rganishni yoqtiraman. Men undan ancha ustun edim.
Uchinchi jangga ikkinchisi qaraganda yaxshiroq tayyorlanyapman, boisi bu Uaylderning kamarini tortib olishi uchun so‘nggi imkoniyati. Men bu jangni qabul qilishim va dastlabki ikki jangga qaraganda yaxshiroq tayyor bo‘lishim kerak. Uch martadan jang o‘tkazib, dastlabkilarida osonlikcha g‘alaba qozongani uchun oxirgi jangida yutqazib qo‘ygan ko‘plab chempionlarni bilaman. Men ushbu ro‘yxatga kirishni xohlamayman», — deydi Fyuri.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan birinchi bahsda g‘olib nomi aniqlanmagandi. 2020 yilning fevral oyida o‘tkazilgan ikkinchi jangda esa Fyuri Uaylderni yettinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratgan va WBC chempionlik kamarini undan tortib olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar