Foto: «Napoli»
Italiya Kubogi yarim final javob bahsidan o‘rin olgan «Napoli» — «Inter» uchrashuvi 13 iyun, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning ilk daqiqalaridayoq milanliklar oldinga o‘tib oldi. Kristian Eriksenning burchakdan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘ridan o‘rin oldi.
Bunga neapolliklar 41-daqiqadagi gol bilan javob berdi. Darvozabon boshlab bergan tezkor qarshi hujumni Lorenso Insine davom ettirdi va to‘pni qulay vaziyatda turgan Dris Mertensga uzatdi. O‘z o‘rnida belgiyalik futbolchi vaziyatni ko‘kka sovurmadi.
— Shukhrat (@bankir2102) June 14, 2020
Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va «Napoli» ilk o‘yindagi g‘alaba (1:0) evaziga finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda Jennaro Gattuzo shogirdlari «Yuventus» bilan bahs yuritadi. Final 17 iyun, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Italiya Kubogi
Yarim final, javob bahsi
13 iyun, shanba
«Napoli» — «Inter» 1:1
Gollar: 0:1 – 2 Eriksen, 1:1 – 41 Mertens.
«Napoli»: Ospina, Maksimovich, Kulibali, Di Lorenso, Hyusay, Elmaz (Fabian Ruis, 65), Zelinski (Allan, 85), Insine (Yunes, 85), Demme, Politano (Kalexon, 65), Mertens (Milik, 75).
«Inter»: Handanovich, Shkrinyar, de Vrey (Ranokkiya, 88), Bastoni, Yang (Biragi, 72), Barella, Brozovich, Kandreva (Mozes, 72), Eriksen (Sensi, 88), Martines (Sanches, 72), Lukaku.
Ogohlantirshlar: Yang (12), de Vrey (38), Ospina (79). “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar