Foto: Twitter
Toshkent vaqti bilan 14 iyun tongida Las-Vegas shahrida (Nevada shtati, AQSH) UFC o‘zining navbatdagi musobaqasini o‘tkazdi.
E’tiborlisi unda o‘zbekistonlik MMA jangchisi Zarruh Adashev ham ishtirok etdi. Zarruh iyun oyida UFC bilan shartnoma imzolagandi.
Adashevga ushbu jangda tarjibali sportchi Tayson Nem raqiblik qildi. Jang atigi 32 soniya davom etdi. Zarruh hujumga o‘tgan vaqtda Taysonning o‘ng qo‘lda berilgan kuchli zarbasini o‘tkazib yubordi va nokautga uchradi.
Shu tariqa Adashevning UFC’dagi debyuti omadsiz chiqdi.
Ma’lumot uchun, Zarruh UFC’ga qadar Bellator promousheni bayrog‘i ostidagi musobaqalarda qatnashgan. MMA’dagi natijasi esa Nemga qadar shunday edi: to‘rtta jang, uchta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat. Samarqandlik 27 yoshli sportchi MMA’ga qadar kikboksing bilan professional tarzda shug‘ullangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi