2 177
Ulug‘bek Baqoyev: "Futbolchilarimizning shijoati va mehnati orqali qiyin o‘yinda g‘alabaga erishdik"
Coca Cola Superliga 4-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” - “Paxtakor" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.
O‘yin haqida fikrlaringiz…
Birinchidan, chempionlarga qarshi o‘ynaganimizni aytish joiz. Bilamizki, “Paxtakor”da yuqori darajali futbolchilar o‘rin olgan. Yana ob-havo sharoiti noqulay ekanligi va pandemiya tufayli o‘yin ritmimizni yo‘qotib qo‘yganimizni aytishim lozim.
Biz bu mavsum g‘alaba qozonmagandik, 3 o‘yinda 1 ochko to‘plagandik, xolos va amaldagi chempion bilan o‘ynash ancha qiyinchilik tug‘dirdi.
Jamoamiz futbolchilarining shijoati va mehnati orqali qiyin o‘yinda g‘alabaga erishdik. “Paxtakor”ga kelajakda omad tilab qolaman va OCHLda yaxshi qatnashishlari tilakdoshiman”.
Norxonov haqida
Bu futbol. Kiyinish xonasiga kirganimizda unga aytdimki, “sen gol ura olmaganing muammo emas, muammo sen shoshilganingda”. Bunday vaziyatlarda shoshilmaslik lozim.
Nagayev haqida
Hozir aniq bilmayman, unda kichik jarohat kuzatilgan bo‘lishi mumkin.
Sanjar Rashidov haqida… Odatda u asosiy tarkibda tushardi yoki karantin davrida unda qandaydir muammo kuzatildimi?
Yo‘q, hech qanday muammo yo‘q. “Paxtakor” saviyasini inobatga olgan holda va xavfli standartlarning oldini olish maqsadida shunday tarkibni maydonga tushirdik.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar