
Coca Cola Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Mash’al" (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o‘z fikrlarini bildirdi.
O‘yin haqida
2 ta to‘p o‘tkazib yuborganimiz alam qildi, lekin yigitlar o‘zlarida kuch topib, yanada yaxshi harakat qilganliklari bois 1 ochkoga ega bo‘ldik. O‘tkazib yuborilgan gollarda kim xato qilgani va o‘yinimizdagi umumiy xatolarimizni tahlil qilib ko‘rib chiqamiz, shundan keyin bir xulosaga kelamiz.
Umumiy o‘yinga kelsak, “Mash’al” yaxshi jamoa va shunga monand harakat qildi. Biz qarshi hujumlarni o‘tkazib yuboryapmiz, bu bo‘yicha muammo bor. Buni alohida tahlil qilamiz.
- Keyingi o‘yin “Mash’al”dan nisbatan kuchliroq bo‘lgan AGMKga qarshi o‘tadi. Keyingi o‘yinga qanday rejalarni qo‘llaysiz?
- Har bir o‘yin uchun rejamiz: faqat oldinga borish, ortga yo‘l yo‘q. Faqat yutishni o‘ylashimiz kerak. AGMKning o‘yinini o‘rganib chiqib, bugundan tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. Vaqt oralig‘i ham oz. O‘ylaymanki, AGMK eng kuchli jamolardan biri, shunday bo‘lsa-da, qoniqarli natijadan umid qilamiz.
- Alayeksandr Kasyanning jismoniy holati yaxshi emasligi ko‘rindi. Bunga nima deya olasiz?
- Albatta, 3 oy futbol o‘ynamagani ta’sir ko‘rsatgan, ular individual shug‘ullangan. Jamoaviy tarzdagi mashg‘ulotlarimiz 10 kun davom etdi, xolos. Futbolchilarning sport formasi qoniqarsiz bo‘lishi tabiiy holat.
Bahrom HaydarovO‘yin HaqidaMash’al JamoasiAGMK O‘yiniFutbol TahliliSport Formasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar