07:53 / 16.06.2020
2 760

O‘zbekistonlik UFC jangchisi: Mashinamga o‘tirib, meni tunamoqchi bo‘lganlar choy-chaqa tashlab ketgandi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi: Mashinamga o‘tirib, meni tunamoqchi bo‘lganlar choy-chaqa tashlab ketgandi
UFCda debyutini o‘tkazgan Zarrux Adashev AQSHga ko‘chib borganidan keyin duch kelgan qiziqarli voqealarni aytib berdi.

- Taksichilik qilardim. Shahar tumanlaridan biriga kelgandim. Bu joy xavfli edi. Tajribali haydovchilar “bu tumanga keldingmi taksi dasturini o‘chirib, tezda jo‘nab qol”, - deyishardi. Aynan o‘sha hududdan mijoz oldim. Mashinaga yigitlar o‘tirdi. Ko‘cha bolalari ekani ko‘rinib turardi. Taksi dasturida yo‘lkira hisoblaydigan ilova bor. Shuni ishga tushirdim. O‘tirganlardan biri ilovani o‘chirishimni talab qildi. Sababini so‘rasam, aytgan joyiga tekinga bormoqchiligini uqtirdi.

Keyin tahdid qila boshlashdi. Jangchi bo‘lsam ham, hayiqdim. Chunki begona joyda yolg‘iz edim. Shart mashinani to‘xtatib, undan tushdim va telefon raqamlarini tera boshladim. Ular mashinaga o‘tirishimni iltimos qilib, ilovani o‘chirmasang ham mayli, deyishdi. Manzil tomon ketdik.

Mashinada suratim bilan murabbiylik kartochkasi turardi. Uni odamlar mashg‘ulotga kelsin, deb ko‘rinadigan qilib qo‘yardim.

Mijozlardan biri “jangchimisan?” deb so‘radi. Men faoliyatimdan bir shingil aytib berdim. Ular ham mening sevimli sportchim Jon Jonsning muxlislari ekan. Men ularni manziliga eltib qo‘yganimda, yo‘lkiradan tashqari 20 dollar choy-chaqa ham berib ketishdi, - deydi Zarrux Adashev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik UFC jangchisi: Mashinamga o‘tirib, meni tunamoqchi bo‘lganlar choy-chaqa tashlab ketgandi