19:25 / 17.06.2020
2 106

Asliddin Toshtemirov: "Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lmoqchimiz"

Asliddin Toshtemirov: "Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lmoqchimiz"
Xabaringiz bor, Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston (U-19) yoshlar terma jamoasi 5-15 iyun kunlari poytaxtimizdagi "Chig‘atoy" bazasida yig‘in tashkil etdi.

Biz mazkur yig‘in davomida faol ishtirok etib, nazorat uchrashuvida gol kiritgan yosh iqtidorli himoyachi, Yaypanning "Turon" klubi a’zosi Asliddin Toshtemirovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Asliddin, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safidagi yig‘in taasurotlari bilan o‘rtoqlashsangiz...
- O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safidagi yig‘inda katta tajriba to‘pladim. Bizga O‘FA tomonidan barcha sharoitlarni a’lo darajada yaratib berishdi. Terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze bizni yaqinda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga munosib tayyorlamoqda. Umuman aytganda, ushbu yig‘in ko‘tirinki ruhda tashkil etildi deb ayta olaman.

- Garchi nazorat uchrashuvi bo‘lsada, "Neftgazmontaj" klubi qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda gol kiritdingiz. Aytingchi, terma jamoa safida gol kiritish sizga qanday ishtiyoq berdi?
- Vatan terma jamoasi safida gol kiritish har qanday futbolchiga juda katta motivatsiya beradi. Bu gol mendagi o‘zimga bo‘lgan ishonchni yanada shakllantirdi. Nasib bo‘lsa, astoydil harakat qilib terma jamoa yutuqlariga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman.

-"Turon" klubiga kelib qo‘shilishngiz qanday bo‘lgan?
- Avval Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi safida o‘ynardim. 2018-yilda "Turon" klubi prezidenti Abduvahob Ahmadaliyevning taklifiga ko‘ra ushbu jamoa safiga qo‘shildim. "Turon"da jamoaviy muhit shakllangan, moslashib ketish qiyin kechmadi.

- Oldinda kutib turgan nufuzli turnir oldidan O‘zbekiston U-19 terma jamoasini imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Yuqorida aytganimdek, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze hamda murabbiylar shtabi bizni Osiyo chempionatiga munosib tayyorlashmoqda. Timur aka bizga jamoaviy hamjihatlikni o‘rgatmoqdalar. Men O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionatida g‘olib chiqishiga ishonaman, nasib bo‘lsa bu ishni uddalaymiz.

- Kelajakdagi maqsadlaringiz qanday?
- Kelajakdagi maqsadlarim O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo‘lish, "Turon" jamoasi bilan Superliga yo‘llanmasini qo‘lga qo‘lga kiritish kabilardan iborat.

- Intervyu uchun rahmat. Kelgusidagi faoliyatingizda omad tilaymiz!

Bekzod Tolibov suhbatlashdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Asliddin Toshtemirov: "Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lmoqchimiz"