1 837
Bahrom Haydarov: "AGMK funksional tomondan bizdan kuchliroq, ochiq o‘yin ko‘rsatganimizda hisob yiriklashib ketishi mumkin edi"
Coca Cola Superligasining 5-turidan o‘rin ogan AGMK – “Surxon” (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o‘z fikrlarini bildirdi.
O‘yin haqida
Albatta, bunday mag‘lubiyatga uchrash har bir jamoa uchun juda alamli. Lekin bugungi o‘yinda xursand qilgani, har bir futbolchimiz o‘yinga rejalashtirilgan taktikani to‘liq bajarishdi. Omad kelmadi va futbolchilarning texnik mahorati ozroq pand berdi.
Umuman olganda, jamoa vazifani to‘liq bajardi. O‘yinni tahlil qilib chiqsak, kim qayerda xato qilganini ko‘rib chiqamiz.
- Darvozabon o‘yin boshidan boshlab ko‘p vaqt cho‘zdi...
- Har xil o‘yin bo‘lib turadi. Biz bugun durang uchun kelmagandik, chunki turnir jadvaldagi holatimizga ko‘ra har bir o‘yinda uch ochko uchun o‘ynashimiz krak. Darvozabonimiz jamoadoshlarini o‘z pozitsiyasini egallab olishlari uchun shunday qilgandir.
- Butun o‘yin davomida AGMK tashabbusga ega bo‘ldi, mezbonlar haqli ravishda g‘alaba qozondi deb hisoblamaysizmi?
- Albatta, jamoa g‘alaba qozongandan keyin haqli ravishda g‘alaba qozongan bo‘ladi, biz nohaq mag‘lubiyatga uchradik demoqchi emasman. Har bir o‘yin va har bir raqibga qarab o‘yin strategiyasini ishlab chiqishimizga to‘g‘ri keladi. Masalan, kechagi o‘yin ham ko‘rsatdi, ochiq o‘yin nimalarga olib kelishini. AGMK funksional tomondan bizdan kuchliroq, agar ochiq o‘yin ko‘rsatganimizda hisob yiriklashib ketishi mumkin edi. Biz o‘z imkoniyatimiz kutdik, bir-ikki vaziyat bo‘ldi, undan foydalanganimizda, balki natija boshqacharoq bo‘lardi.
- Shavkat Salomovning yo‘qligi qay darajada ta’sir qildi?
- Albatta, har bir futbolchining o‘z o‘rni bor, ayniqsa, Shavkat Salomovdek mahoratli futbolchini. Lekin biz har qanday holatga tayyor turishimiz lozim. Diskvalifikatsiya muddati tugadi, o‘ylaymanki, u keyingi o‘yinlarda bizga yordam bera oladi.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)