
Foto: OKMK FK
OKMK ustozi Mirjalol Qosimov esa o‘yindan so‘ng «Surxon»ning himoya chizig‘i ishonchli o‘yin ko‘rsatgani haqida gapirdi.
«O‘yin oson bo‘lmadi. «Surxon» malakali futbolchilarga ega yaxshi shakllangan jamoa. O‘tgan turda ular «Mash’al»ni yutolmagani tufayli ham bugun yanada kuchli ishtiyoq bilan o‘ynadi. Ular bugun himoyaga e’tibor qaratgan holda, qarshi hujum taktikasiga tayanib o‘ynadi. Qolaversa, «Surxon»da qarshi hujumda yaxshi harakatlanadigan hujumchi – Kasyan bor.
Raqib asosan himoyada o‘ynagani boisi birinchi bo‘limda ularning mudofaasidan o‘tishga qiynaldik. Ikkinchi bo‘limda o‘zimizda kuch topib, shiddatkor o‘yin taklif etdik. Shuningdek, o‘yinga tezlik, dinamika qo‘shildi. Natijada vaziyatlar paydo bo‘ldi.
Vaziyatlardan samarali foydalanishda kamchiliklar bor. Chunki o‘yin ritmini his etish uchun futbolchilarga vaqt kerak. Karantin tufayli uch oy dam olindi. Bu hazil emas. Mashg‘ulot boshqa, maydonda rasmiy o‘yin o‘tkazish boshqa. Qolaversa, ikki futbolchimizda (Shorahmedov va Zonich) jarohat borligi tufayli ular bugun o‘yinda ishtirok etmadi. Tarkibda o‘zgarishlar bo‘ldi. Endi rotatsiya qilib turamiz», – deydi Qosimov.
Mazkur g‘alabadan keyin olmaliqliklar ochkolari sonini 11 taga yetkazib olib ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Surxon»ning hisobida esa 5 ta o‘yinda 4 ochko bor. Jamoa musobaqa jadvalining 11-pog‘onasidan joy olgan.
Mirjalol QosimovSurxon HimoyasiO'yin TaktikasiFutbolchilar MalakasiO'yin NatijalariJamoa O'zgarishlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar