O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 5 turining so‘nggi kun bahslaridan o‘rin olgan «Andijon» va «Metallurg» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin bekobodliklar bosh murabbiyi Andrey Shipilov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:
«Katta tanaffusdan so‘ng yaxshi qaytishni amalga oshira oldik. Ikkala jamoa ham ajoyib o‘ynadi. Biroq ba’zi vaziyatlarda biz omadliroq chiqdik va aynan mana shu o‘yin taqdirini hal qildi. O‘yindan avval maydonda mashg‘ulot o‘tkazib olganimiz foyda berdi. Stadion maysasi juda o‘sib ketgan va shu sababdan to‘p hattoki 10 metrga borishi ham qiyin.
Birinchi taymda o‘zimiz xohlagan o‘yinni namoyish etdik. Ikkinchi bo‘limda esa, asosan, natijani saqlab qolishga harakat qildik. «Lokomotiv» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng muxlislarimiz bizdan yana kuchli o‘yin kutishlari tabiiy va biz ishonchni oqladik, deb o‘ylayman.
3 yildan buyon ushbu klubda faoliyat olib boraman. Buy il jamoamizda yaxshi futbolchilar jam bo‘lishgan. 3 yil avvalgi yosh yigitlar bugun tajribali futbolchiga aylangan.
Biz andijonliklarning «Buxoro» va «Mash’al»ga qarshi kechgan uchrashuvlarini ko‘rib chiqdik. Ammo bugungi o‘yin haqida «Andijon» murabbiyining o‘zi izoh bergani ma’qul.
Andijon menga begona shahar emas. Jamoa men uchun doim qiziq bo‘lib kelgan. Kichik simpatiyam nuqtayi nazaridan aytadigan bo‘lsam, bugungi o‘yinda andijonliklarning harakatidan qoniqmadim», - deydi Shipilov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)