06:00 / 25.06.2020
933

APL. «Manchester Yunayted» yirik hisobda g‘alaba qozondi va boshqa natijalar

APL. «Manchester Yunayted» yirik hisobda g‘alaba qozondi va boshqa natijalar
Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining 31-turida «Manchester Yunayted» 24 iyun, chorshanba kuni «Sheffild Yunayted»ni qabul qildi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida Markus Reshfordning uzatmasidan so‘ng Antoni Marsyal hisobni ochdi. 44-daqiqada fransiyalik futbolchi dublini nishonlab, ikkinchi golni urdi. 74-daqiqada Antoni jamoasining ajoyib kombinatsiyasini chiroyli gol bilan yakunladi.

Shu tariqa «Manchester Yunayted» futbolchisi 7 yil deganda birinchi marta het-trik qayd etdi. Aleks Fergyuson ketgandan keyin jamoaning birorta futbolchisi Premer Liga doirasida het-trik qayd etmagandi.

Ushbu g‘alabadan keyin manchesterliklar ochkolarini 49 taga yetkazib oldi va 5-pog‘onaga joylashgan. Ole-Gunnar Sulsher jamoasi bitta zaxira o‘yini mavjud «Chelsi»dan 2 ochkoga ortda qolmoqda. «Sheffild» (44) esa 5-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatni qo‘ldan chiqardi va 8-pog‘onada qoldi.

Parallel kechgan bahslarda «Everton» Maykl Kinning yagona goli evaziga «Norvich»ni mag‘lub etdi. «Vulverhemton» esa «Bornmut» ustidan minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. «Nyukasl» va «Aston Villa» jamoalari murosa yo‘lini tanladi.

«Manchester Yunayted» — «Sheffild Yunayted» 3:0
Gollar:
1:0 – 7 Marsyal, 2:0 – 44 Marsyal, 3:0 – 74 Marsyal.
«Manchester Yunayted»: De Xea, Lindelof, Uan-Bissaka, Shou, Maguayr, Pogba (Pereyra, 80), Brunu Fernandesh (Maktominay, 80), Matich, Marsyal (Igalo, 80), Grinvud (Mata, 81), Reshford (Jeyms, 80).
«Sheffild Yunayted»: Mur, Stivens, Jagelka, Bashem, Boldok, Landstrem, Flek, Norvud (Berge, 46), Robinson, Musse (Makberni, 46), Makgoldrik (Jivkovich, 64).
Ogohlantirish: Shou (67).

«Nyukasl» — «Aston Villa» 1:1
Gollar:
1:0 – 68 Geyl, 1:1 – 83 Al-Muhammadi.

«Norvich» — «Everton» 0:1
Gol:
0:1 – 55 Kin.

«Vulverhempton» — «Bornmut» 1:0
Gol:
1:0 – 60 Ximenes.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)