18:29 / 30.06.2020
2 709

Ibrohim Otaxonov: Viloyatimiz hokimidan minnatdormiz!

Ibrohim Otaxonov: Viloyatimiz hokimidan minnatdormiz!
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Qo‘shaqboyevich Abdurahmonov tomonidan uy bilan taqdirlangan Ibrohim Otaxonov o‘z quvonchlarini yashira olmadi.

“Avvalbor, Shuhratbek Qo‘shaqboyevich Abdurahmonov kamtarona mehnatlarimiz yuksak qadrlagani uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy ko‘p qavatli uy bilan taqdirlangani sababli, oila-a’zolarimiz nomidan viloyatimiz hokimiga kattakon rahmat aytaman. Oila-a’zolarimning quvonchlarini so‘z bilan ta’riflash qiyin. Shuhratbek Qo‘shaqboyevichning sa’yi-harakatlari sababli, viloyatimiz kundan-kunga chiroy ochib bormoqda, shu munosabat bilan Andijon viloyati mamlakatimizda barcha sohalarda oldinga qatorlarda yurishini tilab qolaman!

16 yil “Andijon” futbol klubida to‘p surdim, shu vaqt mobaynida o‘zimga yarashi hurmat, e’tibor va muxlislar orttirdim. Shu fursatdan foydalanib, “Andijon” jamoasining barcha a’zolariga, men bilan birga to‘p surgan futbolchilarga, klub rahbari Ma’rufjon Abdisalomovga, men ishlagan barcha murabbiylarga, klubning barcha xodimlari va “Andijon” futbol klubining minglab muxlislariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman” - [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9zcG9ydHMudXovbmV3cy92aWV3L2licm9oaW0tb3RheG9ub3Ytdmlsb3lhdGltaXotaG9raW1pZGFuLW1pbm5hdGRvcm1pei0zMC0wNi0yMDIw]dedi[/leech] Otaxonov.

Manba: Andijon PFK rasmiy matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ibrohim Otaxonov: Viloyatimiz hokimidan minnatdormiz!