Xabaringiz bor, ayni chog‘da “Surxon” klubi bosh murabbiysiz qolgan. Bunga qadar ushbu lavozimda ishlab kelgan Bahrom Haydarov kuni kecha iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini qaysi murabbiy egallashi esa muxlislarni qiziqtirayotgani aniq.
O‘z navbatida “Surxon” rahbariyati ham bir qator mutaxassislar bilan muzokaralarga kirishishgani borasida ma’lumotlar ham yo‘q emas.
Misol uchun, hozirda “Qo‘qon-1912” ustozi Baxtiyor Ashurmatovga yaqindan yordam berib kelayotgan Davron Fayziyev ham “Surxon” rahbariyatining bosh murabbiylikka nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan. Natijada ushbu mutaxassisga ham taklif bilan chiqishgan, biroq Fayziyev termizliklar tomonidan bildirilgan chorlovni qabul qilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida u Sports.uz muxbiriga shunday dedi:
- To‘g‘ri, menga “Surxon”dan taklif bo‘lgandi, ammo ularga rad javobini berdim. Sababi shundaki, mening ayni paytda “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan amaldagi shartnomam bor. Shunday ekan, o‘rtadagi shartnomaga amal qilgan holda uni oxirigacha yetkazishim kerak, - deya izohladi Davron Fayziyev.
“Surxon” jamoasini hozirda vaqtincha Vladimir Andreyev boshqarib turibdi.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi