
Angliya chempionatida 32-turning markaziy o‘yini yakunlandi. O‘z maydonida chempionlikni qo‘lga kiritib bo‘lgan «Liverpul»ni qabul qilgan «Manchester Siti» 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Kevin De Bryune, Fil Foden va Rahim Sterling bittadan gol urishdi. Chemberlen esa o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. Bu g‘alabadan so‘ng «Siti»ning ochkolari 66taga yetdi va «Liverpul» bilan farq 20 ochkogacha qisqardi.
Mersisayd klubi APL doirasida 4 ta gol o‘tkazib yuborishi so‘nggi bor 2017 yil oktabrida kuzatilgandi. O‘shanda Klopp shogirdlari “Tottenxem”ga 1:4 hisobida yengilgandi.
Qayd etish joiz, 2017 yil sentabrida “Liverpul” aynan “Manchester Siti”ga 0:5 hisobida yutqazgandi.
Manchester Siti – Liverpul 4:0
Gollar: de Bryuyne (25, penalti), Sterling (35), Foden (45), Oksleyd-Chemberlen (66, avtogol), Mahrez (90+5).
Manchester Siti: Ederson, Uoker (Joau Kanselu, 73), Erik Garsiya, Mendi, Laport (Otamendi, 79), Foden, Gyundogan, de Bryuyne, Rodri Ernandes, Sterling (Bernardu Silva, 79), Gabriel Jezus (Mahrez, 58).
Liverpul: Alisson, van Deyk, Robertson, Aleksander-Arnold (Uilyams, 76), Gomes (Oksleyd-Chemberlen, 46), Veynaldum (Keyta, 62), Fabino, Xenderson, Mane (Minamino, 85), Firmino (Origi, 62), Salax.
Ogohlantirishlar: Gomes (24), Mendi (41), Uoker (57), Henderson (90).
Angliya ChempionatiManchester SitiLiverpulG‘alaba HisobiGol UrdiO‘zbekiston Respublikasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar