08:23 / 06.07.2020
2 400

Namangan viloyati hokimi "Navbahor" futbolchilariga motivatsiya berdi

Namangan viloyati hokimi "Navbahor" futbolchilariga motivatsiya berdi
Xabaringiz bor, “Navbahor” Coca Cola Superliga 8-turi doirasida 7 iyul kuni safarda “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushadi.
Jamoa a’zolari mazkur bahsga tayyorgarlik doirasidagi so‘nggi tayyorgarlikni bugun kechki payt “Markaziy” o‘yingoh maydonida olib borishdi.

“Lochinlar” mashg‘ulot o‘tkazishayotgan paytda o‘yingohga Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Hayitbayevich Bozorov va “Navbahor” PFK vitse-prezidenti Oybek Arifovich Samatov tashrif buyurib, mashg‘ulotni kuzatishdi hamda maydon chimini ko‘zdan kechirishdi.

Mashg‘ulot yakuniga yetgach, Xayrullo Bozorov jamoa a’zolari bilan maydonning o‘zida kichik yig‘ilish o‘tkazib, “Navbahor” Coca Cola Superliganing restartdan keyingi bahslarini muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazayotganligi, futbolchilar shunday ruhda o‘ynashda davom etishlari lozimligi, jamoa joriy mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatini ishga solishi, “Navbahor” uchun barcha sharoitlarni yaratib berishini ta’kidlab, “lochinlar”ga “Bunyodkor”ga qarshi kechadigan o‘yinda ham omad yor bo‘lishi, Namanganga g‘alaba bilan qaytishlarini tiladi.

O‘z navbatida “Navbahor” PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar jamoaga yaratilayotgan sharoitlar uchun Xayrullo Bozorovga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, “Bunyodkor” bilan bo‘ladigan bahsda zafar quchish, shuningdek, OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishlarini aytishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Namangan viloyati hokimi "Navbahor" futbolchilariga motivatsiya berdi