Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional boksda faoliyatini olib borayotgan charm qo‘lqop ustalarining yangilangan reytingini e’lon qildi. Ushbu reytingdan o‘zbekistonlik uch nafar bokschi o‘rin olgan, deb xabar berdi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati o‘z manbasiga tayanib.
Yangilangan reytingda ikkinchi yengil vazn toifasida (-55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliyev, shuningdek, WBA yo‘nalishi chempioni ham hisoblanadi.
Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida (-63,5 kg) Shohjahon Ergashev oltinchi o‘rinda qolgan. Ushbu vaznda chempionlik kamari Josh Teylorga tegishli.
Yarim o‘rta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov esa avvalgidek 1-pog‘onadan joy olgan. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi