"Mash’al" bilan uchrashuvdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashib, o‘yin haqida fikrlarini bildirdi.
- Raqib haqida iliq fikrlar aytmoqchiman. Ularning oxirgi uchta o‘yinini jiddiy kuzatdik. Ular Germaniya bundesligasi jamoalari qo‘llayotgan taktik uslubda o‘ynashmoqda. Bu 5-2-3ga o‘xshaydi. Ancha qiziqarli taktika deb aytish mumkin. O‘zbekistonda bunday o‘ynayotgan ilk jamoa sifatida "Mash’al"ni aytaman. Jamoaning o‘zi ham ancha qiziqarli.
Bugun biz maydonda yaxshiroq harakat qildik, ko‘plab imkoniyatlarni yuzaga keltirdik. Birinchi bo‘limda ko‘ngildagidek tez o‘ynay olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa to‘liq tashabbusga ega bo‘ldik. O‘ylashimcha, natija bahsga mos bo‘ldi. Lekin biz avvalgidek yaxshi holatga qaytish uchun ko‘p ishlashimiz kerak. Jismoniy jihatdan kichik muammolar ko‘zga tashlandi. Yanada ko‘proq mehnat qilib, eng yaxshi holatga qaytishga intilamiz.
Derdiyok ham, Sergeyev ham yuqori saviyadagi hujumchilar. Ehtimol, ularning birga o‘ynaydigan payti bo‘lib qolar. Bir-ikki marta uchrashuv oxirlarida shunday qildik. Ular bir xil uslubda o‘ynaydigan bo‘lgani uchun ko‘p birga o‘ynatish oson emas.
O‘yinlar davomida turli holatlar bo‘lishi mumkin. Shu sababli Sayfiyevni o‘ng qanotda, Komilovni esa chap qanot himoyasida o‘ynatib, o‘zimizni tekshirib oldik. Abdullayev uchun juda xursandman. U uzoq muddatli tanaffusdan keyin maydonga qaytdi. Bu bilan uni tabriklayman.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi