23:47 / 07.07.2020
2 509

Baxtiyor Ashurmatov: Tursunovning goli o‘yin taqdirini hal qildi. Ushbu gol chempionat bezagiga aylandi

Baxtiyor Ashurmatov: Tursunovning goli o‘yin taqdirini hal qildi. Ushbu gol chempionat bezagiga aylandi
AGMK – «Qo‘qon-1912» uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Gapning ochig‘i, kayfiyat tushkun. Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. Ikkinchi taymni ham yaxshi boshlagan edik. Lekin Sanjar Tursunovning goli futbolchilarga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Ushbu gol chempionatning haqiqiy bezagiga aylandi. Yigitlarga rahmat aytaman, oxirgacha durang uchun o‘ynashdi.

Biz ahil jamoa tuzishga muvaffaq bo‘ldik. Bugun ham shogirdlarimga aytgandim. Biz safarda ham ochko yig‘ishni boshlashimiz kerak. To‘g‘ri hozir yuqori o‘rinlarning birida boryapmiz. Ammo bugun asosiy raqiblardan biriga mag‘lub bo‘ldik. Chempionatni ham yuqori o‘rinlarda yakunlashni istasak, mehmonda ham g‘alaba qozonishimiz kerak. Bugun ham yomon o‘ynamadik. Lekin bundan ham yaxshiroq o‘ynashimiz lozim. Yigitlarda ruhiyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldik. Ularda o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytirishga erishdik. Shuning uchun bugun 2:0 hisobida ortda borayotganimizga qaramay, shogirdlarim kuchli jamoaga qarshi so‘nggi daqiqaga qadar kurash olib borishdi. O‘ylaymanki, jamoamiz potensiali kuchli va biz mavsum yakuniga qadar hozirgi ushbu tempni ushlab turishga harakat qilamiz. Buning uchun mehmonda nafaqat durang balki, g‘alaba uchun ham o‘ynashimiz kerak.

AGMKning o‘yinini ko‘rib chiqqanimizda raqib safida maydon markazini kuchaytiradigan futbolchilar ko‘p ekanligi oydinlashdi. Markaziy tayanch himoyamizni kuchaytirish maqsadida Iqbol Malikjonovni maydonga tushirdik. Tanlagan tarkibimiz va taktikamiz o‘zini oqlamadi deya olmayman. Ikkinchi, chiroyli gol o‘yin taqdirini hal etdi.

Mavsum oldidan jamoa rahbariyati bilan gaplashganimizda, har yili bo‘ladigan muvaffaqiyatsizliklarni yengib o‘tishimiz va yuqoriroq o‘rinlar uchun tarkibni shakllantirishimiz kerakligini ta’kidlashgandi. Bosqichma-bosqich jamoani shakllantirib, Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynaydigan o‘rinlar uchun kurashamiz. Qisqa qilib aytganda, oldimga aniq maqsad qo‘yilmagan, lekin raqboatbardosh jamoa shakllantirmoqchimiz. Hozir ishlarimiz yomon emas. Bu yilgi mavsumning o‘zidayoq kuchlilar safiga qo‘shilish uchun kurashmoqchimiz, - dedi Baxtiyor Ashurmatov.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov: Tursunovning goli o‘yin taqdirini hal qildi. Ushbu gol chempionat bezagiga aylandi