00:18 / 13.07.2020
2 221

Ulug‘bek Baqoyev: "Futbolchilarimga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytaman"

Ulug‘bek Baqoyev: "Futbolchilarimga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytaman"
"Metallurg" va "Sug‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev ishtirok etdi.
"Birinchi bo‘limda o‘yinimiz chiqmaganiga bir qancha sabablar bor. Hozir ularni batafsil sanab o‘tmoqchi emasman. Ikkinchi bo‘limda nimadir qilishga harakat qildik. Futbolda shunaqasi bo‘lib turadi. Shogirdlarimga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytaman. Intilishdi, harakat qilishdi.

Norxonov yetmaganini mag‘lubiyatga ro‘kach qilmoqchi emasman. Jamoamizda 22 nafar futbolchi bor. Men shunaqa o‘ylayman.
Bugun darvoza chizig‘ida Mitrovichga dam olish imkoniyatini berdik. Keyingi o‘yinlarda yana ko‘ramiz.

Chempionat markazlashgan holatda o‘tishi? Hozirgi qaltis vaziyatni tushunishimiz lozim. Futbolimiz rahbarlariga oson emasligini bilamiz. Agarda ular shunday qarorga keladigan bo‘lsa barchasi bizni havfsizligimiz uchundir. O‘zbekistondagi barcha fuqarolardan sog‘liqlariga jiddiy e’tibor bergan holatda oila a’zolarini va yaqinlarini ehtiyot qilishlarini so‘rab qolaman",- deydi Ulug‘bek Baqoyev.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "Futbolchilarimga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytaman"