21:39 / 13.07.2020
3 077

Yaxshiboyev "Shaxtyor"da ham debyut o‘yinida gol urdi (video)

Yaxshiboyev "Shaxtyor"da ham debyut o‘yinida gol urdi (video)
Mana endi Jasur yangi jamoasidagi faoliyatini ham muvaffaqiyatli boshladi. Aslida yarim himoyachi bo‘lgan hamyurtimiz gol urish bo‘yicha hujumchilar havas qiladigan samaradorlikka erishmoqda. Yangi jamoasidagi ilk uchrashuvini ikkinchi bo‘limdan boshlagan Jasurga Soligorskda debyut golini kiritish uchun yarim soatdan sal ko‘proq vaqt kifoya qildi. Yaxshiboyev 46-daqiqada maydonga tushdi va 82-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, soligorskliklar safidagi o‘zining debyut bahsida yangi jamoasi uchun ilk golini kiritdi.

“Gorodeya” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining 4:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan Yaxshiboyev ilk uchrashuvdayoq “Shaxtyor”ning tanlovi to‘g‘ri bo‘lganini isbotladi va jamoa muxlislarining hurmatini qozona oldi.

Belarus chempionatining daslabki turidan musobaqaning eng yaxshi futbolchisi nomini o‘zida saqlab turgan Yaxshiboyev joriy mavsumda 10 ta gol urgan birinchi to‘purarga aylandi. Bombardirlar bahsida shu kungacha u bilan raqobatlashib kelgan va endi “Shaxtyor”da birga to‘p surayotgan Vitaliy Lisakovich “Gorodeya” bilan bahsda ikkita assistni amalga oshirgan bo‘lsa-da, o‘zi raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Shu tariqa, chempionatda 15 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ta gol urgan Jasur Yaxshiboyev to‘purarlar bahsida yakka peshqadamga aylandi.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, so‘nggi o‘n yilda 15 ta uchrashuvda 10 ta gol urish hech qaysi jamoa hujumchisiga nasib qilmagan.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "konchilar" hisobidagi ochkolar soni 33 taga yetdi va jamoa 2-o‘rindagi BATEdan 2 ochko ko‘p jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Raqib darvozasiga 10 ta to‘p kiritgan Yaxshiboyev esa to‘purarlar poygasida 1-pog‘onani egallab turibdi.

"Shaxtyor Soligorsk" - "Gorodeya" 4:1
Gol:
Antich (7), Arxipov (38), Ivanovich (40), Yaxshiboyev (82) - Baglay (50)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaxshiboyev "Shaxtyor"da ham debyut o‘yinida gol urdi (video)