23:12 / 13.07.2020
2 343

Mirjalol Qosimov: "Zamonaviy futbolni turib o‘ynab bo‘lmaydi"

Mirjalol Qosimov: "Zamonaviy futbolni turib o‘ynab bo‘lmaydi"
Coca Cola Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - AGMK (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Turnir jadvalining yuqori pog‘onalarini egallab turgan ikki jamoa to‘qnashdi. Qolaversa "Paxtakor" yaxshi shakllangan jamoa. Ikki, uch yildan beri deyarli bir xil tarkib bilan harakat qilib kelmoqda. Tarkibida kuchli ijrochilar bor. Menimcha yomon o‘yin ko‘rsatganimiz yo‘q. Qisqa vaqt ichida darvozamizdan ikkita to‘p olib chiqdik. Yutib ketishimiz ham mumkin edi. Futbol shunisi bilan qiziq. Qo‘shib berilgan daqiqalarda yana gol o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi. Darvozabonimiz yaxshi harakat qildi. Haqiqatdan ham chiroyli o‘yin bo‘ldi. Ayrim jarohat olgan futbolchilarimiz ham borlarini berishdi. So‘ngi 15 daqiqalikni hisobga olmaganda durang adolatli.

Futbol yugurishdan iborat. Hozirgi zamonaviy futbolda turib futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Bugungi kunda futbolda birinchi o‘rinda turadigan narsa bu yugurish. Texnika, fikrlash va boshqa narsalar ikkinchi, uchinchi darajada. Haqiqtatdan ham rotatsiya har bir o‘yinda amalga oshirmoqdamiz. Elguja Grigalashvili, Dilshod Jo‘rayev jarohat sabab yordam bera olishmadi. Saydulloga raqobat sifatida Murod Toshmatovni ham o‘ynatyapman. Bu birinchi marotaba emas. Jamoada darvozabonlardan tashqari yana 20ta futbolchi bor. Mavsum hali uzoq. Shuning uchun maydonga chiqqan har bir futbolchi o‘zini hissasini qo‘shishi kerak.

Xojimat Erkinov bizga "Paxtakor"dan ijara asosida o‘tgan. Bugun o‘z jamoasiga qarshi to‘p tepdi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan iqtidorli va mahoratli futbolchi. Elgujani o‘rniga boshlang‘ich tarkibdan joy oldi. O‘zidan yomon taassurot qoldirmayapti. Birinchi turda ham, "Bunyodkor" bilan o‘yinda ham zaxiradan maydonga tushib kuchaytirdi. O‘sishdan to‘xtab qolishi kerak emas. Kelajagi bor.

Birinchi golni o‘tkazib yuborganidan keyin futbolchilar o‘ziga kelgunicha ikkinchi golni o‘tkazib yubordik. Bu borada ko‘rsatmalar berdim. Darvozamizga yopishmaslikka, iloji boricha to‘pni uzoqroqda ushlashga harakat qilish kerakligini tushuntirgandim. Hisobni ushlab qolishni o‘yladik. Istaymizmi yo‘qmi bunda xatolar kelib chiqadi. "Paxtakor"ni "Surxon" bilan o‘yinini ko‘rib o‘rganib chiqqanimizda ham bir daqiqa ichida ikkita gol urishganini ko‘rgandik. Bu ham futbolning bir qismi",- deydi Mirjalol Qosimov.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Zamonaviy futbolni turib o‘ynab bo‘lmaydi"