Coca Cola Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘z fikrlarini bildirdi.
"Ko‘rdingiz og‘ir o‘yin bo‘ldi. "Bunyodkor" bilan o‘yindan keyin yigitlar barchasini tushunib olishdi. Kecha futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi, test topshirishdi. Hudoga shukur barcha sog‘ va salomat. Yigitlar va ularning oilalari jamoamiz uchun qayg‘urishgani uchun rahmat. Bugun yigitlarda xohish va intilish kuchli bo‘ldi. Ha, biz bundan ham ko‘prog‘ini istaymiz. Raqib ham mag‘lubiyat uchun bu yergan kelmagandi.
"Bunyodkor" bilan o‘yindan keyin yigitlarni ruhiy tomondan tiklashimiz kerak edi. Ochig‘i bizga uch ochko suv va havodek zarur edi. Oldinga harakat qilishda davom etamiz va "Surxon" bilan o‘yinga jiddiy hozirlik ko‘ramiz. Bugungi o‘yinni o‘tirib tahlil qilamiz. Ha, futbolchilar hali yuqori sport formasida emas. Ayrim futbolchilar o‘ziga o‘xshamayapti. Ismini aytib o‘tirmoqchi emasman. Shunday bo‘lsada ularga va bizni uzoqdan qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildirib qolaman",- deydi Andrey Kanchelskis.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi