Rossiyalik futbol ekspertlari mavsumda premer-liga jamoalarining joriy mavsumdagi eng yaxshi transferlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidan “Ufa”ga ko‘chib o‘tgan Oston O‘runov ham xorijlik mutaxassislar e’tiboridan chetda qolmadi.
- “Ufa”ning 19 yoshli futbolchisi Oston O‘runov Rossiya chempionatining haqiqiy kashfiyoti. 19 yoshli futbolchi fevral oyida Toshkentning “Lokomotiv”idan 200 ming yevro evaziga “Ufa”ga olib kelingan edi. Rossiya chempionatida boshqa klublardan olib kelingan iste’dod egalarining o‘zini ko‘rsata olmay, keyinchalik ko‘rinmay qolishini juda ko‘p kuzatganmiz.
Lekin Oston premer-ligadagi faoliyatini sensatsion tarzda boshladi. Uning o‘yin uslubida jismoniy ko‘rsatkichlari yuqori texnika bilan uyg‘unlashib ketgani odamni hayratga soladi. U o‘ta mehnatkash va yosh bo‘lishiga qaramay, pozitsiyani to‘g‘ri tanlay oladi. Garchi O‘runov hali chempionatda gollari hisobini ochmagan bo‘lsa-da, uning o‘yinini ko‘rgan odam borki, Ostonga yuqori baho bermoqda, - deb yozmoqda championat.com sayti eksperti Anatoliy Romanov.
“Ufa” tarkibida har bir uchrashuvda yuqori saviyada to‘p surayotgan legionerimiz uchun bugungi kunda Rossiyaning grand klublari xaridor bo‘lmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi