10:53 / 18.07.2020
2 519

Abdixoliqov, Muhitdinov, Kenjaboyev va Saitov "Nasaf"ni tekinga tark etishi mumkin

Abdixoliqov, Muhitdinov, Kenjaboyev va Saitov "Nasaf"ni tekinga tark etishi mumkin
"Nasaf"ning bir qator yetakchilari klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
Bobir Abdixoliqov, Sharof Muhitdinov, Dilshod Saitov, Islom Kenjaboyev va Ilhom Alijonov kabi futbolchilarning "Nasaf" bilan tuzgan shartnomalari 31 dekabr kuni yakuniga yetadi (har holda klub futbolchilarni PFLdan ro‘yxatdan o‘tkazganida ushbu sana ko‘rsatilgan) hamda ular 2021 yil 1 yanvar kunidan boshqa klubga erkin agent sifatida o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Shartnoma oxirigacha 6 oydan kam muddat qolgani bois istalgan klub futbolchilar bilan muzokara olib borishi va shartnoma tuzish huquqiga ega. Faqat bu haqda "Nasaf" klubini rasman ogohlantirishi talab etiladi.

Bu futbolchilar erkin agent sifatida klubdan ketmasliklari uchun "Nasaf" ular bilan shartnomani uzaytirishi talab etiladi. Hozirga qadar bu haqda hech qanday rasmiy xabar chiqqani yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abdixoliqov, Muhitdinov, Kenjaboyev va Saitov "Nasaf"ni tekinga tark etishi mumkin