18:48 / 18.07.2020
1 873

Qudratillo Abduqahhorovning chempionlik jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi

Qudratillo Abduqahhorovning chempionlik jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi
Foto: Twitter
O‘zbekistonlik professional bokschi Qudratillo Abduqahhorov 2020 yilning 26 sentabr kuni AQSHda yarim o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Lipinetsga qarshi jang o‘tkazadi. Bu haqda rossiyalik sportchining menejeri Aleks Vaysfeld ma’lum qildi.

«Lipines va Abduqahhorov o‘rtasidagi jang 26 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. U kechaning asosiy jangi bo‘ladi. Jang Konnektikutda (AQSH) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan», — deydi Vaysfeld.
Qayd etish joiz, ushbu jang g‘olibi yarim o‘rta vazn toifasida vakant bo‘lib turgan IBF chempionlik kamarini qo‘lga kiritadi.

Ma’lumot o‘rnida, Qudratillo shu kungacha professional boksda 17 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba (9 ta nokaut) qozongan. Lipinetsning janglari soni ham 17 tani tashkil etadi. U 16 ta jangda g‘olib (12 ta nokaut) bo‘lgan, 1 tasida esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qudratillo Abduqahhorovning chempionlik jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi