Foto: «Barselona» FK
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La Liga 2019/20 yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra bir qator individual sovrinlar egasiga aylandi.
Argentinalik futbolchi 25 ta gol bilan mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi va Pichichi sovriniga ega chiqdi. Messi yettinchi marta Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi va bu borada rekordni yangiladi. Avvalroq Leo bu borada Telmo Sarra (6 marta) bilan bir xil natija qayd etib turgandi.
Shuningdek, Messi joriy mavsumning eng yaxshi assistentiga aylandi. 33 yoshli forvard 21 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Messi to‘purarlar poygasida «Real» hujumchisi Karim Benzema (21 ta gol) va «Vilyarreal» forvardi Xerar Morenoni (18) ortda qoldirdi.
Eng yaxshi assistentlar ro‘yxatida «Real Sosedad» yarim himoyachisi Mikel Oyarsabal (11 ta golli uzatma) ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi pog‘ona «Barsa»ning yana bir hujumchisi Luis Suaresga (8) nasib etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi