Kuni kecha sportga ixtisoslashgan xorijiy fansided.com sayti Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni, professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov faoliyatiga oid maqolani chop etdi. Biz ushbu qiziqarli maqolaning tarjimasini e’tiboringizga havola etamiz.
O‘zbekiston boks bo‘yicha uyg‘onish davrini boshdan kechirmoqda. Ravshan Xo‘jayev qo‘l ostida boks sirlarini o‘rganib, yulduz darajasiga ko‘tarila olgan Shahram G‘iyosov bu yo‘lni bosib o‘tganlardan biri bo‘lsa-da, u hamon chempionlik uchun kurashishda davom etmoqda.
Har bir bolaning orzusi bor. Shu bilan birgalikda bokschi Shahram G‘iyosov ham o‘z orzularini amalga oshirish yo‘lida mehnat qilmoqda. Ahamiyatli jihati, endi u o‘zining asosiy maqsadiga erishishga har qachongidan ham yaqinroq…
O‘zbekistonda o‘sib-ulg‘aygan G‘iyosov har doim jahon chempioni bo‘la olishni bilar edi. Biroq, o‘sha vaqtlarda bu shunchaki uning xayolotidagi orzu bo‘lgan. G‘iyosov esa, o‘z kelajagini taqdir izmiga shunchaki tashlab qo‘ymadi.
"Birinchi marta to‘qqiz yoshimda boks sport zaliga borgan edim", deb eslaydi qahramonimiz. “Men boks zaliga hech qanday ruxsatsiz to‘g‘ri kirib borganman. Zalga kirib, boks qopini mushtlay boshladim, bir murabbiy kelib: «Bu yerda nima qilib yuribsan? Kimsan? Sen bu yerda ota-onangsiz bo‘lishing mumkin emas", degan edi. O‘shanda men “Hozir haydab chiqarishingiz mumkin, ammo qanday qilib chempion bo‘lishimga guvoh bo‘lasiz", deganimni eslayman."
G‘iyosov hali professional boksda jahon chempioni emas, ammo u o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadini ro‘yobga chiqarish uchun borlig‘ini bag‘ishlagan.
O‘sha murabbiy bilan munozaradan so‘ng, u boks bilan shug‘ullanish uchun ota-onasidan ruxsat oldi va niyatlarini amalga oshirish yo‘lida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritdi.
G‘iyosov mashg‘ulotni boshlaganda, unga chin dildan ishonch bildirgan atigi ikki inson bor edi - otasi va amakisi. Boshqalarni esa, o‘z potensialiga ishontirish uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi.
"Faqat amakim va otam menga ishongan va har doim qo‘llab-quvvatlagandi", - dedi G‘iyosov. Birinchi marta 15 yoshimda milliy chempionatda g‘olibi bo‘ldim. Mamlakatning o‘z vazn toifamdagi birinchi raqamli bokschisi bo‘lishim uchun 6 yil vaqt kerak bo‘ldi. Shundan so‘nggina odamlar menga e’tibor berishdi va ishona boshladilar. Ya’ni, meni jangimni guvohi bo‘lganlar: "Bu bola unday yoki bunday bo‘lishi mumkin", deb aytishni boshladilar.
G‘iyosov havaskor bokschi sifatida ulkan yutuqlarga erishdi. 2016 yili Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritishi unga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirdi. Bu juda katta yutuq, ammo G‘iyosov hali bu natijadan qoniqqani yo‘q edi. Aksariyat bokschilar misolida, unga ham Olimpiada professional faoliyatni boshlash uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
G‘iyosov va O‘zbekiston havaskor boks terma jamoasining ba’zi a’zolari AQSHda professional yo‘nalishda ham jahon chempioni bo‘lish umidlarini amalga oshirish yo‘lida mehnat qilmoqda. Buxorolik charmqo‘lqop ustasi Nyu-Yorkdan boshlab, qisqa vaqt ichida Las-Vegasda mashg‘ulotlar o‘tkazib, keyin esa, Kaliforniyaga yo‘l oldi. Bu esa, G‘iyosovning hayoti yaxshi tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.
U "Oltin shtatda" ba’zi nomdor murabbiylar bilan faoliyat olib bordi. Jumladan, u qisqa vaqt bo‘lsa-da, Freddi Roach va Menni Roblesdan professional boks saboqlarini oldi. Keyin u qumli sahrolarda qad rostlagan Indio shahriga murabbiylar Joel va Antonio Dias qo‘l ostida mashg‘ulotlar o‘tash uchun keldi. O‘shandan buyon, G‘iyosov uchun hech narsa oldingiday emas, u o‘zgargan va mahorati tobora ortib bormoqda.
"Joel Dias bilan tanishib, u bilan birinchi mashg‘uotimda «mitt»larda (charm qo‘lqopli lapa) ishladim va u men bilan hamkorlikni davom ettirish istagida ekanini aytdi. Murabbiy tanlash jarayonida har doim siz unga ishonch bildira oladigan va inson sifatida ham qandaydir yaqinlik his qiladigan shaxsni qidirasiz. Joel bilan ham shunday bo‘ldi. Aka-uka Joel va Antonio Dias meksikalik bo‘lib, ularning mentaliteti ham bizga juda yaqin. O‘zbeklar va meksikaliklar deyarli bir xil fikrlaydi. Ular ham juda samimiy insonlar”, - deydi G‘iyosov.
Shahram G‘iyosov Indio shahri, Kaliforniya shtatida, Joel va Antonio Diaslar qo‘l ostida o‘zining o‘zbekistonlik boshqa bokschi do‘stlari bilan mashg‘ulot olib borar ekan, o‘zini huddi uyidagidek his qiladi...
Bugungi kunda G‘iyosov ko‘plab yurtdoshlari bilan birga Indioda yashab faoliyat olib bormoqda. Misol uchun, ikkinchi yengil vazn toifasida jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov, Botir Ahmedov, Bektemir Meliqo‘ziyev va Bahodir Jalolov shular jumlasidandir. Aka-uka Diaslar iste’dodli o‘zbek bokschilarining ishonchini qozonishdi va ularni o‘z vazn toifalarida yetakchilar qatoriga olib chiqish uchun tinimsiz mehnat qilishmoqda.
G‘iyosov bilan bir qatorda aytilgan barcha nomlar havaskor boksda allaqachon ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritib ulgurishgan. O‘zbekiston iqtidorli bokschilarni yetishtirib chiqarayotgani shunchaki tasodif emas. G‘iyosov hukumat ushbu sportchilarni qanday qo‘llab-quvvatlashi va rag‘batlantirishini tushuntirar ekan, O‘zbekistonda o‘sib-ulg‘ayishning o‘ziga xos yutuqlari bor, deya qo‘shimcha qildi.
"U yerda ulg‘ayishning o‘ziga xosligi mavjud. Bizda bu yerdagi kabi vaziyat emas, hammasi butunlay boshqacha. Bolalar bu yerda o‘zi mustaqil tarzda kamol topadilar. Bizda esa, mahalla atalmish yoshlar uchun jamoat nazorati va qo‘shnichilik kabi tushunchalar bor. Bu meni hech qachon taslim bo‘lmaslikka undagan omillardan biridir", deb tushuntirdi G‘iyosov.
Indioda vatandoshlari qurshovida bo‘lgan G‘iyosov yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, o‘zini uydagi kabi his qiladi. Ularning o‘zaro yaqin rishtalari bir-birining qo‘llab-quvvatlashlari, o‘zaro jamoaviylik muhitini yaratadi.
"Jamoamizdagi muhit, qo‘llab-quvvatlash va ko‘tarinki ruh biz uchun juda muhim omildir. Ko‘plab yigitlar faqatgina yuqori mahorati bilangina emas, balki, jasorat va kuchli ruhiyati bilan yuqori cho‘qqilarni zabt etishmoqda", - dedi G‘iyosov.
Hozirda G‘iyosov professional boksda 9 jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining 7 tasida raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Uning navbatdagi jangi 15 avgust kuni Oklaxoma shtatining Talsa shahrida «Matchroom» tomonidan tashkil etiluvchi va DAZN tomonidan efirga uzatiladigan boks oqshomida bo‘lib o‘tadi. Unga 10-jangida Fransisko Ernandes Roxo (22-3, 15 KO) raqiblik qiladi. G‘iyosov hozirda yuqori sport formasida va jahon chempionlik kamari yo‘lida munosib odimlashga tayyor.
Yaxshi tayyorgarlik bilan bir qatorda u 2018 yilgi Atlantik Siti shahrida Migel Zamudioga qarshi o‘tkazgan jangidan so‘ng, o‘zining idealidagi bokschi Roy Jonsning e’tirofiga sazovor bo‘lganligi ham G‘iyosovga yanada kuch bag‘ishladi.
"Barcha jangdan so‘ng, menejer Roy bilan uchrashdi. Roy hamma janglar juda yaxshi o‘tgani, ammo mening chap qo‘l yon tomondan bergan zarbam eng ajoyibi bo‘lganini aytib o‘tdi", deya g‘urur bilan so‘zlab berdi G‘iyosov.
"Boxrec.com” tomonidan o‘z vazn toifasida 33-o‘rinda qayd etilgan, 27 yoshli G‘iyosov tezroq chempionlik jangida ringga ko‘tarilishga umid qilmoqda. Josh Teylor va Xose Ramires ushbu divizionda barcha kamarlarni egallab turibdilar, ammo u Teylordan ko‘ra, Ramiresga yaxshiroq qarshilik ko‘rsatishini aytadi.
“Chempionlarga kelsak, men kelajakda jang qilishim uchun birini tanlashim kerak bo‘lsa, ehtimol Xose Ramiresdan boshlagan bo‘larmidim… Menimcha, uning uslubi menga qulayroq. Men uni mag‘lub eta olishimga ishonaman. U kuchli, jismonan baquvvat yigit. U bilan jangda jismoniy holatlar birinchi o‘ringa ko‘tarilishini bilaman», dedi G‘iyosov.
15 avgustdagi g‘alaba uni Ramiresga yana bir qadam yaqinlashtirishi va jahon chempioni bo‘lish ishtiyoqini yanada kuchaytirishiga ishonamiz.
Xorij nashridan Jalol Ahmedov tarjimasi
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi