Foto: Navbahor
FIFA «Navbahor» klubiga sobiq xodimi Aleksey Belenkovga 500 ming dollar to‘lab berish majburiyatini yukladi.
Tashkilotning nizolarni hal qilish palatasi 63 yoshli rossiyalik mutaxassisning Namangan klubi ustidan shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun kompensatsiya talab qilib yozgan da’vosini qisman qanoatlantirdi.
Endi «Navbahor» 30 kun ichida yuqorida ko‘rsatilgan qiymatni to‘lab berishi shart. Aks holda FIFA intizom qo‘mitasi tomonidan qo‘shimcha jazoga tortiladi (ochkolardan mahrum qilinadi, quyi ligaga tushirib yuboriladi).
Eslatib o‘tamiz, Aleksey Belenkov 2018 yil oktabr oyida «Navbahor» bilan shartnoma imzolab, bosh murabbiy Andrey Kanchelskisga yordamchi qilib tayinlangan edi. 2020 yil yanvar oyida esa klubni tark etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!