Foto: Navbahor
FIFA «Navbahor» klubiga sobiq xodimi Aleksey Belenkovga 500 ming dollar to‘lab berish majburiyatini yukladi.
Tashkilotning nizolarni hal qilish palatasi 63 yoshli rossiyalik mutaxassisning Namangan klubi ustidan shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun kompensatsiya talab qilib yozgan da’vosini qisman qanoatlantirdi.
Endi «Navbahor» 30 kun ichida yuqorida ko‘rsatilgan qiymatni to‘lab berishi shart. Aks holda FIFA intizom qo‘mitasi tomonidan qo‘shimcha jazoga tortiladi (ochkolardan mahrum qilinadi, quyi ligaga tushirib yuboriladi).
Eslatib o‘tamiz, Aleksey Belenkov 2018 yil oktabr oyida «Navbahor» bilan shartnoma imzolab, bosh murabbiy Andrey Kanchelskisga yordamchi qilib tayinlangan edi. 2020 yil yanvar oyida esa klubni tark etdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi