23:46 / 21.07.2020
2 947

«Ufa» Oston O‘runovni sotishga qaror qildi. Unga Samvel Babayan boshqarayotgan klub ham da’vogar

«Ufa» Oston O‘runovni sotishga qaror qildi. Unga Samvel Babayan boshqarayotgan klub ham da’vogar
Foto: «Ufa»
Rossiyaning «Ufa» klubi mavsum yakunida bir nechta yetakchi futbolchisini transferga qo‘yadi. Bu haqda klub direktorlar kengashi vakili Rostislav Murzagulov ma’lum qildi.

«Shak-shubhasiz, bu yili 3—4 nafar futbolchini sotamiz, chunki yil oson bo‘lmadi va biz budjet uchun ajratilgan puldan ko‘proq sarflab yubordik. Homiylardan qo‘shimcha mablag‘ so‘rashga haqqimiz yo‘q», — deydi Murzagulov.

Yevrofutbol'ning xabar qilishicha, klub o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runovni sotib yuborishi mumkin. «Ufa» O‘runov va Daniil Fomin transferidan 8 million yevro ishlab olmoqchi. Rossiyalik jurnalist Vyacheslav Korotkinning xabariga ko‘ra, O‘runov 400—500 ming yevro evaziga Moskvaning «Spartak» jamoasiga o‘tishi mumkin.

«Shu bilan birga O‘runov uchun Rossiyaning yana bir qator klublari kurash olib bormoqda. «Rubin» va SSKA — ular qatorida. Ularning taklif qilayotgan puli «Spartak»nikidan bir necha barobar ko‘p, biroq tushunarli sabablarga ko‘ra «Spartak» kurashda yetakchi», — deydi jurnalist.

O‘runov uchun yana bir nomzod Xitoyning «Chanchun Yatay» klubi bo‘lib turibdi. Samvel Babayan qo‘l ostidagi jamoa Xitoy Superligasiga chiqish uchun kurashmoqda. Ta’kidlanishicha, aynan Babayan bir vaqtlar Ostonni «Ufa»ga tavsiya qilgan. «Chanchun Yatay» oliy divizionga chiqadigan bo‘lsa, klub O‘runov transferiga 5 million yevrodan oshiq mablag‘ sarflashi mumkin.

«Ufa» Oston O‘runovni shu yilning fevral oyida o‘z safiga qo‘shib olgan. O‘runov Rossiya Premer Ligasida 10 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta sariq kartochka oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Ufa» Oston O‘runovni sotishga qaror qildi. Unga Samvel Babayan boshqarayotgan klub ham da’vogar