
Rossiyaning "Ufa" klubida samarali faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Oston O‘runovga qiziqayotgan jamoalar soni ortib bormoqda. Shu bois xorij nashrlari uning maoshi va boshqa ma’lumotlarni taqdim etishmoqda.
Sport Ekspress nashrining yozishicha, shu yili qishda Toshkentning "Lokomotiv" jamoasidan 200 ming yevroga sotib olingan Oston "Ufa"da oyiga 200 000 rubl maosh oladi. Ya’ni, 2825 dollar. Bu O‘runovning maoshi xolos. Undan tashqari, turli bonuslarga ham ega.
Oston O‘runovni "Spartak", "Rubin" va boshqa jamoalar o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Spartak" aniq taklif bilan muzokaralar olib bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar