
Foto: «Rostov»
Futbol bo‘yicha Rossiya Kubogi finalidan keyin Yevrokuboklarda qatnashadigan rus klublarining to‘liq ro‘yxati shakllandi.
«Zenit» kubok finalida «Ximki»ni mag‘lub etdi (1:0). Shu tariqa Yevrokuboklar uchun barcha kvotalar RPL musobaqa jadvaliga qarab belgilanadigan bo‘ldi.
2019/20 yilgi mavsumni 3-o‘rinda yakunlagan SSKA Yevropa Ligasining guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlardagi «Rostov» hamda «Dinamo» esa o‘z yurishini saralash bosqichidan boshlaydi.
Eldor Shomurodov jamoasi 3-saralash bosqichidan musobaqaga qo‘shiladi. Saralash bosqichiga 1 sentabrda qur’a tashlanadi, «Rostov» esa 23 sentabrda o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
Dastlabki uchta o‘rinni qo‘lga kiritgan «Zenit», «Lokomotiv» va «Krasnodar» jamoalari Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, agar «Ximki» kubok bahsida g‘alaba qozonganida «Dinamo» Yevrokuboklardan quruq qolardi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar