2 854
Imomxo‘jayev: G‘olib 1,5 million dollarga ega chiqishini inobatga olsak, uni begona qilmasligimiz kerak
Bugun OFK musobaqalar: OCHL uchun bizga 1+1, OFK kubogi uchun 1 yo‘llanma ajratgani borasida xabar bergandik.
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi o‘zining sahifasida OFK kubogiga jiddiy e’tibor qaratilishi kerakligi, uning ortidan moddiy mablag‘ jamg‘arish mumkinligi borasida o‘z fikrlarini bayon qildi.
- OFK 2021 yilgi xalqaro maydonlari uchun klublarimizga 1+1+1 ko‘rinishida kvota taqdim etdi. Demak:
- Coca Cola Superliga chempioni — OCHL guruh bosqichida o‘ynaydi.
- Coca Cola kubogi g‘olibi — OCHL pley-offda ishtirok etadi.
- Coca Cola Superliga vitse-chempioni — OFK kubogi guruh bosqichi, agar...
...agar Coca Cola kubogi g‘olibi OCHL guruh bosqichiga yo‘l olsa. Ololmasa, uning o‘zi OFK kubogi guruh bosqichida o‘ynaydi, Coca Cola Superliga vitse-chempioni esa xalqaro maydonsiz qoladi.
Har qanday holatda ham klublarimiz uchun OFK kubogini yutish imkoniyati sezilarli ko‘p. G‘olib 1,5 million dollarga ega chiqishini inobatga olsak, uni begona qilmasligimiz kerak, - dedi Imomxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi