19:23 / 30.07.2020
2 348

U chempionlikni shunday nishonlaydi: Krishtianu Ronaldu 6 million yevroga yaxta sotib oldi

U chempionlikni shunday nishonlaydi: Krishtianu Ronaldu 6 million yevroga yaxta sotib oldi
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi yaxta sotib oldi.

Foto: Daily Mail
Daily Mail’ning yozishicha, portugaliyalik futbolchi yaxta uchun 5,5 million funt (6,08 million yevro) sarflagan.

Unda beshta kayuta, oltita hammom, ikkita dam olish zonasi, bitta katta dam olish (launj) maydoni, zamonaviy oshxona va dengiz manzarasini ko‘rish imkoniyatini taqdim etadigan katta derazalar mavjud.

Ronaldu ushbu yaxtada oilasi bilan hordiq chiqarayotgani aks ettirilgan fotosuratni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan.

Ronaldu Italiya chempionatining 2019/20 yilgi mavsumida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Turin klubi shartnomasi 2022 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U chempionlikni shunday nishonlaydi: Krishtianu Ronaldu 6 million yevroga yaxta sotib oldi