2 603
Jasur Jaloliddinov nega A Seriya klubiga o‘tmagani va "Beshiktosh"ning taklifini rad etgani haqida
SPORTS.uz muxbiri kuni kecha “Bunyodkor”dan Moskvaning “Lokomotiv” klubiga ko‘chib o‘tgan Jasur Jaloliddinov bilan qisqacha suhbat uyushtirdi. Iste’dodli futbolchi suhbat davomida bir qator qiziqarli savollarga javob qaytardi.
- Jasur, avvalambor sizni “Lokomotiv”dek kuchli jamoaga o‘tganingiz bilan tabriklaymiz. Ammo bundan avvalroq, siz Filippo Indzagi boshchiligidagi “Benevento” klubida ko‘rikda bo‘lib qaytgandingiz. Nega ushbu jamoaga o‘tmadingiz? Har holda “Benevento” yangi mavsumni A Seriyada o‘tkazadi...
- Ha, “Benevento” A Seriyaga chiqdi. Lekin bu klub katta ehtimol bilan ligada jon saqlash uchun kurashadigan autsayderlar qatorida bo‘ladi. “Lokomotiv” esa aksincha, doimo o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadigan, chempionlik uchun kurashadigan klub. To‘g‘ri, menda “Benevento”ga o‘tib “Yuventus”, “Inter”, “Milan”, “Napoli” va “Roma” singari grand jamoalarga qarshi o‘ynash imkoniyati bor edi, ammo klubning imkoniyatlari, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar va yana ko‘plab jihatlarini taqqoslaganda “Lokomotiv” “Benevento”dan ancha yaxshi. Qolaversa, moskvaliklar yangi mavsumda UYEFA Chempionlar ligasida ishtirok etadi. Bunday yirik musobaqada to‘p surish esa har bir futbolchining orzusi, deb o‘ylayman.
- “Lokomotiv” bilan shartnoma imzolaganingizdan so‘ng ham “Benevento” bilan aloqalar saqlanib qoldimi?
- Menimcha, “Benevento” bilan oramizda gaplashadigan gap qolmadi. Bu jamoa vakillari bilan so‘nggi marta gaplashganimizda bir-birimizdan hol-ahvol so‘raganmiz, ammo o‘shanda ham bu jamoa menga aniq taklif bilan murojaat qilmagandi. Tabiyki, men ham shundan so‘ng ular bilan boshqa aloqaga chiqmadim.
- “Lokomotiv”dan tashqari yana qaysi jamoa sizga real xaridor bo‘lgan?
- Ochig‘i, menga xaridor bo‘lgan barcha klublar nomini birma-bir sanab o‘tirishni istamayman. Ammo konkret takliflar haqida gapiradigan bo‘lsam, faqatgina “Beshiktosh”dan bu borada jiddiy taklif olganman. Biroq yakunda “Lokomotiv” varianti menga ko‘proq ma’qul keldi va shu bois turk grandiga rad javobini berdim.
Baxtiyorjon Toshtemirov
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi