21:54 / 02.08.2020
2 298

«Rostov» va SSKA qishda Oston O‘runovni sotib olishni istamagani ma’lum bo‘ldi

«Rostov» va SSKA qishda Oston O‘runovni sotib olishni istamagani ma’lum bo‘ldi
Foto: RPL
«Match-TV» sharhlovchisi va rossiyalik insayder Nobel Arustamyan qishda RPLning bir qator klublari Oston O‘runovni sotib olishni istamagani haqida gapirdi.

«Hozirda barcha o‘zbekistonlik Oston O‘runovni muhokama qilmoqda. Kim uni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamaydi deysiz: SSKA, «Spartak», «Dinamo», «Rubin».

U qishda «Ufa»ga keldi. Uning transferi uchun 200 ming dollar yoki yevro to‘landi. Uni bir qator jamoalarga taklif qilishganini bilaman. «Rostov» rad etdi, SSKA xohlamadi. Olishmadi, qiziq emas deb hisoblashdi
», — deydi Arustamyan.

Oston O‘runov faoliyatini Moskvaning «Spartak» jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi. Moskvaliklar uning transferiga 2 million yevro sarflashi, Ostonning maoshi esa yiliga 600 ming yevro bo‘lishi haqida xabar qilishgandi.

«Ufa» Oston O‘runovni 2020 yilning fevral oyida o‘z safiga qo‘shib olgan. O‘runov Rossiya Premer Ligasida 10 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta sariq kartochka oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Rostov» va SSKA qishda Oston O‘runovni sotib olishni istamagani ma’lum bo‘ldi