Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson oila a’zolari uning Roy Jonsga qarshi jang o‘tkazishiga qarshi chiqayotganini tan oldi.
«Farzandlarim qariganda jim o‘tirishimni xohlamoqda. Ammo ular bu haqida nimani ham bilardi?
Ular qanday urishish kerakligini ham bilmaydi, ularning hech biri o‘zaro jangda menga zarba bera olmaydi», — deydi Tayson.
Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli Tayson va 51 yoshli Jons o‘rtasidagi ko‘rgazmali jang 12 sentabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 8 raunddan iborat bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Mayk ringdagi so‘nggi jangini 2005 yil o‘tkazgan. Tayson professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.
Roy Jons esa professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...