07:00 / 03.08.2020
2 065

Jasur Jaloliddinov: "Ijara haqida o‘ylayotganim yo‘q"

Jasur Jaloliddinov: "Ijara haqida o‘ylayotganim yo‘q"
Yaqinda Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi a’zosiga aylangan Jasur Jaloliddinovning boshqa jamoalarga ijaraga berishi yoki "Bunyodkor"ga ijara asosida qaytishi haqida ko‘p gapirilmoqda. Bu borada uning o‘zi jonli efir davomida fikrini bildirdi.

"Jamoaga moslashib ketishim yaxshi kechmoqda. Murabbiy bilan kelgan kunim va kecha mashg‘ulotlardan keyin ham gaplashdim. "Lokomotiv" meni ijaraga berib yuborishi haqida turli gaplarni o‘qiyapman. Bu haqida shaxsan o‘zimga hali hech narsa aytishmadi. Bosh murabbiy, klub direktori bilan ham munosabatim yaxshi. Reja bo‘yicha "Zenit" bilan uchrashuvga tayyorgarlik ketmoqda. Ijarada biron bir jamoaga ketsam ham katta narsa yutqazaman deb o‘ylamayman. Asosiy narsa shartnoma tuzish edi. Bir yoki ikki yillik emas, kelajakni o‘ylagan holatda besh yillik shartnoma tuzdim. Ijara haqida esa o‘ylayotganim yo‘q", - deydi Jasur Jaloliddinov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasur Jaloliddinov: "Ijara haqida o‘ylayotganim yo‘q"