13:50 / 04.08.2020
3 270

Eldor Shomurodov “Rostov”dagi mavqeini boy berdi

Eldor Shomurodov “Rostov”dagi mavqeini boy berdi
O‘zbek hujumisi Eldor Shomurodov yaqingacha “Rostov”ning eng qimmatbaho futbolchisi edi. Endi hamyurtimiz bu mavqeini norvegiyalik legioner Matias Normannga boy berdi.

Transfermarkt portali Rossiya premer-ligasining yangi mavsumi oldidan jamoalar futbolchilarining transfer summalarini yangiladi. Umuman olganda, ko‘pchilik o‘yinchilarning narxi oshgan. Shu kungacha 37,7 million yevroga baholangan “Rostov” tarkibining yangi narxi 53,9 million yevroni tashkil qilmoqda.

O‘z o‘rnida, Eldor Shomurodovning ham transfer summasi 1,3 millionga ko‘tarilib, olti yarim million yevroga yetdi. Biroq, uning jamoadoshi Matias Normanning transferi 2,7 million yevroga oshdi va endi bu yarim himoyachi Eldordan roppa-rosa 1 million yevroga qimmat turadi.

Aynan Eldor Shomurodov va Matias Normann Rostovdagi Rossiya va xorij klublarining e’tiborida turgan va joriy transferlar mavsumida eng xaridorgir futbolchilar hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov “Rostov”dagi mavqeini boy berdi