Foto: «Vesti.ru»
UYEFA ijroiya qo‘mitasi yevrokuboklarning joriy mavsumi o‘yinlari reglamentini o‘zgartirdi. Bu yerda gap sariq kartochkalar 1/8 final o‘yinlaridan keyin kuchini yo‘qotishi haqida boryapti.
Shu tariqa bu yilgi Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi qatnashchilari 1/8 finalning qolgan o‘yinlarida olgan sariq kartochkalar keyingi pley-offlarda hisobga olinmaydi va diskvalifikatsiyaga sabab bo‘lmaydi, deyiladi UYEFA rasmiy sayti xabarida.
Oldingi reglamentda «sariqlar» chorak finalda kuyib ketardi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi sharoitdan kelib chiqib, har ikki turnir reglamenti jiddiy o‘zgartirilgan: 1/4 va 1/2 finallar g‘oliblari bitta o‘yinda aniqlanadi. Bunday tig‘iz sharoitda sariq kartochkalarni o‘yindan-o‘yinga o‘tkazmaslikdan maqsad jamoalarga imkon qadar teng kurashish uchun sharoit yaratib berishdir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...