Segodnya.ua: O‘zbekistonning «Bunyodkor» va «Lokomotiv» klublari legionerlarga 10 ming dollar maosh to‘laydi

Ukrainada yuzaga inqiroz deyarli barcha jamoalarga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Natijada ko‘pgina ukrain futbolchilari yaqin xorij mamlakatlariga yo‘l ola boshlashdi.

"Segodnya" sayti xorij mamlakatlarda legionerlarga to‘lanadigan maosh masalasida kichik surishtiruv o‘tkazdi. Manbaga ko‘ra, O‘zbekistonning "Bunyodkor" va "Lokomotiv" legioner futbolchilarga oyiga 10 ming dollar va undan ortiqroq maosh to‘lashadi. Oliy liganing qolgan jamoalarida esa xorijlik futbolchilarga to‘lanadigan o‘rtacha oylik 5 ming dollarni tashkil etadi.

MDHning qolgan mamlakatlarida legionerlarga to‘lanadigan o‘rtacha oylik maosh quyidagicha:

O‘zbekiston: "Bunyodkor" va "Lokomotiv" - 10 ming, qolgan jamoalar — 5 ming dollar.
Ozarboyjon: 20-25 ming dollar
Belarus: Grand jamoalar — 10-15 ming, qolgan jamoalar 2-3 ming dollar.
Qozog‘iston: 15-20 ming dollar.
Moldova: Yetakchilar — 5-7 ming, qolgan jamoalar — 3-4 ming dollar.
Boltiqbo‘yi mamlakatlari: 1,5 - 2 ming yevro
Polsha: Yetakchilar — 10-15 ming yevro, qolgan jamoalar — 5-7 ming yevro.

Manba: www.stadion.uz.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar