08:21 / 10.08.2020
2 678

Jaloliddinov “Loko” fanatlari bilan uchrashdi (foto)

Jaloliddinov “Loko” fanatlari bilan uchrashdi (foto)
Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi yangi mavsum oldidan muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda bosh murabbiy Marko Nikolich, murabbiylar shtabi vakillari, futbolchilar va ular qatorida tarkibga yangi qo‘shilgan legionerlar, xususan hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov ham ishtirok etdi. Jasur tadbir davomida muxlislar savollariga ham javob berdi.

- Men “Lokomotiv”ning ajoyib muxlislari borligini yaxshi bilaman. Men ularni xursand qilish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman.

- Aleksey Miranchukning o‘yini yoqishini aytgan eding. U mashg‘ulotda hafsalangni pir qilmadimi?
- Yo‘q, men unday deb o‘ylamayman. Men hali ko‘p narsalarni o‘rganishim kerak. Aleksey Miranchukning golli vaziyatni yakunlash holati juda xotirjam. Ayniqsa, bu SSKAga qarshi uchrashuvda penaltini aniq amalga oshirganida yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu katta foyda beradigan jihat.

Jasur Jaloliddinov katta futboldagi debyutini 2018 yilning 2 avgustida O‘zbekiston Super ligasida “Bunyodkor”ning “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi uchrashuvida debyutini o‘tkazgan. Jasur milliy chempionatimizda debyutini nishonlagan eng yosh futbolchi hisoblanadi. 2019 yilning 6 aprel kuni “Navbahor” jamoasiga qarshi o‘yinda birinchi golini kiritgan. O‘zbekiston chempionatida jami 29 ta uchrashuv o‘tkazib, uchta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Jasur Buyuk Britaniyaning dunyoga mashhur The Guardian gazetasi tomonidan 2002 yilda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida “Jahon futbolining eng iqtidorli 60 nafar futbolchisi” ro‘yxatiga kiritilgan.

2020 yilning 29 iyul kuni 18 yoshli Jasur “Bunyodkor”dan 1 million yevro atrofidagi mablag‘ evaziga “Lokomotiv” tarkibiga qo‘shildi va moskvaliklar bilan besh yillik shartnoma imzoladi. U yangi klubida 23-raqamda to‘p suradi. Premer-liga futbol ekspertlari Jasur Jaloliddinov haqida fikr yuritganda uni mashhur hujumchi Lionel Messiga qiyoslashmoqda.

Rossiya premer-ligasining birinchi turida “Lokomotiv” futbolchilari safarda “Rubin” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 11 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddinov “Loko” fanatlari bilan uchrashdi (foto)