Foto: Twitter
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jang sanasi o‘zgardi.
MMA Fighting jurnalisti Mayk Hekning yozishicha, Tayson — Roy Jons jangi 2020 yilning 28 noyabriga qoldirilgan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, tashkilotchilar qo‘shimcha daromad ishlab olish maqsadida jang sanasini kechroq muddatga ko‘chirgan.
Avvalroq ushbu jang 12 sentabr kuni Los-Anjelesda o‘tkazilishi va 8 raunddan iborat bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Roy Jons professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan.
Mayk Tayson esa professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi